AsosiyJinoyat

Maishiy texnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

'Maishiy texnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi'ning rasmi

Bojxona organlari tomonidan maishiy texnika vositalarini noqonuniy saqlash va savdosi bilan qonunga xilof tarzda shug`ullanayotganlarga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ vakillari bilan hamkorlikda Yangiqo`rg`on tumanida sifati kafolatlanmagan maishiy texnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o`tkazdi.

Tadbir davomida Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi fuqaro X.B.ning xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Natijada, xonadonda tegishli hujjatlari bo`lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, qiymati 61,6 million so`mlik kondisionerlar borligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar