AsosiyJinoyat

Qadimiy tangalarni olib chiqib ketish rejasi chippakka chiqdi

'Qadimiy tangalarni olib chiqib ketish rejasi chippakka chiqdi'ning rasmi

Madaniy boyliklarning yurtimizdan noqonuniy yo`llar bilan olib chiqilishiga bo`lgan urinishlar bojxona organlari tomonidan bartaraf etilmoqda.

Xususan, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi “Urganch aeroporti” chegara bojxona posti orqali xorijga safarga otlangan fuqarolar N.Sh. va A.Yu. “yashil” yo`lakdan harakatlanar ekan, ularning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va ushbu shaxslar belgilangan tartibda tekshiruvdan o`tkazildi.

Tekshiruv jarayonida ularning yonidan bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan 1872 va 1911 yillarda zarb etilgan tangalar borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar