AsosiyJinoyat

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarini noqonuniy olib kirishga chek qo`yildi

'Sifati kafolatlanmagan dori vositalarini noqonuniy olib kirishga chek qo`yildi'ning rasmi

Mamlakatimizga sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yashirincha olib kirishga bo`lgan urinishlarga bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqarolar R.K., X.X. va X.F.larning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va ushbu shaxslar xolislar ishtirokida belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi.

Natijada, ularning yuklari orasidan bojxona yuk deklarasiyasida ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan umumiy qiymati 15,4 million so`mga teng bo`lgan 969 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar