Bojxona organlari mamlakatimiz chegaralari orqali giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib o`tilishi ustidan bevosita nazoratni amalga oshiradi.
Kuni kecha Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona posti xodimlari respublikamizga olib kirilishi taqiqlangan perekursorni o`z vaqtida to`xtatib qolishdi.
Unda xorijdan mamlakatimizga kirib kelayotgan yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazilganda, mazkur avtoulov kabinasining ichki qismida 30 litrlik elim idishda o`tkir hidli, rangsiz suyuq modda borligi aniqlandi.
Olib borilgan tekshiruvlar natijasida mazkur ashyoviy dalilning xlorid kislotasi ekanligi o`z isbotini topdi.
Ayni vaqtda holat yuzasidan tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda.