AsosiyJinoyat

Noqonuniy olib kirilgan televizorlar savdosiga chek qo`yildi

'Noqonuniy olib kirilgan televizorlar savdosiga chek qo`yildi'ning rasmi

Maishiy texnika buyumlarining yurtimizga noqonuniy yo`llar bilan olib kirishga bo`lgan urinishlarga qarshi bojxonachilar tomonidan samarali kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Angren shahrida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro Q.A. tomonidan tuzilgan qing`ir reja barbod bo`ldi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu shaxs o`zining “Mersedes Bens Sprinter” rusumli yuk mashinasiga ortilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o`tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo`lmagan 56 dona xorijda ishlab chiqarilgan televizorlarni 10 ming AQSh dollariga pullayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar