1

​"Vaqf" fondi at-Termiziy ziyoratgohiga ichimlik suvi olib bormoqda

Jamiyat 23.07.2019, 10:32
​"Vaqf" fondi at-Termiziy ziyoratgohiga ichimlik suvi olib bormoqda

Joriy yilning iyul oyida "Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan Muhammad Hakim at-Termiziy ziyoratgohiga ichimlik suvini etkazish maqsadida xayrli ishga qo`l urildi. Bu haqda Fond matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hozirda 4 kilometr masofaga quvurlarni yotqizish ishlari olib borilmoqda. Ushbu xayrli ishda tadbirkorlar ham homiylik qilmoqda. Fond boshqaruv rahbari Iskandar Xalilov ziyoratgohga ichimlik suvi quvurlarini yotqizish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.


"Insonning chanqog`ini qondirish, suv chiqarish masalasida ko`plab hadislar keltirib o`tilgan bo`lib, ulardan olinadigan foydani to`g`ri anglagan inson bu ishlar qanchalik savobli ekanini anglaydi. Bir hadisda bunday deyiladi: Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bunday dedilar: “Kim suv bor joyga suv chiqarsa, bir jonni ozod qilgandek bo`ladi, kim suv yo`q joyga suv chiqarsa, bir jonni tiriltirgandek bo`ladi” (Ibn Asokir rivoyati).

Bir kishining chanqog`ini qondirishning savobi ulkan, ziyoratgohlarga tashrif buyuruvchi insonlarning ehtiyojini qondirish esa ulkan savoblarning yog`ilishiga sabab bo`ladi", deyiladi Fond xabarida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1