AsosiyJinoyat

MIB Toshkentda fuqaroga 15 milliard so`m undirib berdi

'MIB Toshkentda fuqaroga 15 milliard so`m undirib berdi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Uchtepa tuman bo`lim ish yurituvida, Toshkent shahar Uchtepa tuman Davlat notarial idorasining 28.05.2019 yil kungi ijro xatiga ko`ra, qarzdor A.Alimjonov hamda uning qarzdorlik bo`yicha kafili bo`lgan korxonadan undiruvchi B.Qahharovfoydasiga 15 mlrd. 752 mln. 67 ming so`m miqdorida qarz undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati ijro qilish uchun Majburiy ijro byurosining ish yurituviga 2019 yil 29 may kunida kelib tushib ijro ishi yuritishni qo`zg`atish to`g`risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi qarzdorga taqdim etilgan va ijro hujjatida ko`rsatilgan talablarni ixtiyoriy bajarish uchun qarzdorga muddat belgilanib ogohlantirilgan.

Qarzdor dastlab belgilangan muddatda qarzdorlikni to`lamaganligi bois, qarzdorlikni ish bo`yicha kafil korxonaning bankdagi hisob raqamlariga band solingan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida, qarzdorning ish bo`yicha kafili bo`lgan korxona hisob raqamidan 15 mlrd. 752 mln. 67 ming so`m pul mablag`lari to`liq undirilib, undiruvchining arizasida ko`rsatilgan hisob raqamiga o`tkazib berilgan hamda 2019 yil 19 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida»gi Qonunining 41-moddasiga asosan ijro ishi yurtishi tamomlangan.

    Boshqa yangiliklar