1

Bugun ziyoratchilarimizning dastlabki guruhi haj safariga jo`nab ketdi

Jamiyat 24.07.2019, 11:28
Bugun ziyoratchilarimizning dastlabki guruhi haj safariga jo`nab ketdi

Bugun, 24 iyul kuni erta tongdan haj ibodatini ado etish uchun otlangan yurtdoshlarimizning dastlabki guruhi Toshkent-Jidda yo`nalishi bo`yicha jo`nab ketdi.

Din ishlari bo`yicha qo`mita matbuot xizmati xabar berishicha, ziyoratchilarimiz shu yilning 24 iyul — 3 avgust kunlari Toshkent-Madina, Buxoro-Madina, Namangan-Madina, Samarqand-Madina, Qarshi-Madina, Urganch-Madina hamda Nukus-Madina yo`nalishlarida haj safariga kuzatiladi va shu yo`nalishlar bo`yicha 17 avgust — 1 sentyabr kunlari mamlakatimizga qaytib keladi.

Bu yil ziyoratchilarimiz Madina shahridagi Masjidul Haram bilan oraliq masofasi atigi 50-60 metr bo`lgan 5 yulduzli “Pullman zamzam” mehmonxonasi, Makka shahridagi haramdan uzoq bo`lmagan 4 yulduzli “Abrojul Hidoya” mehmonxonasida istiqomat qiladi.

Eslatib o`tamiz, bu yilgi bu yilgi Haj mavsumi uchun sarf-xarajatlari smetasi bo`yicha har bir ziyoratchidan olinadigan mablag` 33 million 300 ming so`m etib belgilandi, ya`ni narx 5 million so`mga arzonlashtirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1