Gollivud aktrisasi Kira Naytli farzand kutmoqda, deya xabar bermoqda The New York Post. Qayd etish joizki, ushbu yangilik yana bir necha manbalarda ham tasdiqlangan. Nashrning yozishicha, 7 dekabr kuni Londonda Moët brendi tomonidan tashkil etilgan ziyofatda kinoyulduz keng ko`ylakda paydo bo`lgan va kechada spirli ichimlik iste`mol qilmagan.
Manba ma`lumotiga ko`ra, Naytli homiladorlikning uchinchi oyida. Tug`ilajak bolaning otasi Britaniyaning Klaxons guruhi so-vokalisti sozanda Jeyms Rayton (James Righton). Ularning to`yi 2013 yil noyabrda bo`lib o`tgan.
Avvalroq, Naytli ona bo`lishni istayotganligini, biroq o`zining aktrierlik karerasini tashlash niyatini yo`qligini va uy bekasi bo`lmoqchi emasligini ma`lum qilgandi.