AsosiyJinoyat

Tezkor tadbir davomida 72 tup “kannabis” yo`q qilindi

'Tezkor tadbir davomida 72 tup “kannabis” yo`q qilindi'ning rasmi

Giyohvandlik hozirgi kunda inson hayotiga xavf solishi bilan bir qatorda eng jiddiy va global muammoga aylanib borayotgani hech kimga sir emas. Uning oqibatida qanchadan-qancha insonlar salomatligini yo`qotib, ko`plab oilalarning tinchi buzilmoqda.

Shu bois giyohvandlikka qarshi kurashish va bu illatning zararli oqibatlarini bartaraf etish maqsadida barcha huquqni muhofaza qilish organlari singari bojxona tizimida ham tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir fikrimizga amaliy misol bo`ladi.

Toshkent viloyati, Yangiyo`l tumani hududida “Kvinsi” laqabli xizmat iti yordamida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro A.I.ga tegishli bo`lgan dala maydonlari o`zi va xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, mazkur dala maydonlaridan jami 72 tup “Nasha” (Kannabis) giyohvand o`simligi o`sib turganligi aniqlanib, yoqish yo`li bilan yo`q qilindi.

Shu o`rinda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi fuqarolardan shunga o`xshash holatlar yuzasidan Davlat bojxona qo`mitasining 11-08 yoki Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining (371) 235-07-61 raqamli ishonch telefonlariga murojaat etishlari mumkinligini eslatib o`tadi. Ma`lumot bergan shaxslarning ma`lumotlari sir saqlanishi kafolatlanadi.

    Boshqa yangiliklar