AsosiyJinoyat

Qonunbuzar 306 grammdan ortiq zargarlik buyumlarini yashirib olgani ma`lum bo`ldi

'Qonunbuzar 306 grammdan ortiq zargarlik buyumlarini yashirib olgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Bojxonachilar tomonidan zargarlik buyumlarini noqonuniy yo`llar bilan olib o`tishga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sirdaryo” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan navbatdagi bojxona qonunbuzilishi holatiga o`z vaqtida yakun yasaldi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qo`shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro S.Q.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda xolislar ishtirokida tekshiruvdan o`tkazildi.

Natijada, uning kiyimlari orasida umumiy qiymati 9,1 million so`mlik 306,33 gramm og`irlikdagi kumush taqinchoqlar yashirilgani aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar