AsosiyJinoyat

Mineral o`g`itlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

'Mineral o`g`itlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi'ning rasmi

Bugungi kunda mineral o`g`itlarning noqonuniy savdosi bilan shug`ullanayotgan “uddaburon”lar to`g`risida keng jamoatchilikka qator targ`ibot ishlari amalga oshirib kelinishiga qaramasdan, hanuzgacha bu kabi qonunbuzarliklar uchrab turibdi.

Jumladan, Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda Jizzax shahri hududida tezkor tadbir o`tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida, Jizzax shahrida harakatlanayotgan fuqaro T.U. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi ko`zdan kechirildi.

Natijada, avtoulov yukxonasida tegishli hujjatlari bo`lmagan, 60 dona polietilen qoplarga joylangan jami 3 tonna “Ammiakli selitra” mineral o`g`iti borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar