1

10 nafar yosh fermerlar Yaponiyada malaka oshirib qaytadi

Jamiyat 25.07.2019, 09:23
10 nafar yosh fermerlar Yaponiyada malaka oshirib qaytadi

O`zbekiston yosh fermerlari Kengashi yosh fermerlarni qishloq xo`jaligi rivojlangan davlatlar tajribasi bilan tanishtirib borish, malaka oshirishlarini tashkil etish maqsadida Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkiloti (JISA) bilan ham mustahkam hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`ygan.

Hozirga qadar Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkiloti tomonidan 10 nafar yosh fermerlar Yaponiya davlatida tashkil etilgan xalqaro o`quv-seminarlarda ishtirok etishga muvaffaq bo`lgan. Yil oxiriga qadar yana 10 nafar yosh fermerlar Yaponiyada malaka oshirib qaytadi.

Bugun Toshkent viloyati, Qibray tumanidagi “Leo Garden” intensiv bog`ida Yaponiya davlatidan taklif etilgan 10 nafar bog`dorchilik sohasining ilg`or mutaxassislari va yirik eksportyor fermerlar yurtimizdagi yosh fermerlar, soha mutaxassislari va fermerlikka qiziqqan yoshlar uchun “Bog`dorchilikda Yaponiya tajribasi” mavzusida mahorat darslari tashkil etildi.

— 2015 yilda 50 gektar maydonda intensiv bog` yaratdik.6 xil navliolma va 2 xil navli nok kabi mevali daraxt ko`chatlari ekilgan bog`imizda tomchilatib sug`orish texnologiyasini joriy etganmiz. Bu esa suvning birdek taqsimlanishi hisobiga dala bo`ylab namlik bir me`yorda tarqalishini ta`minlaydi, – deydi “Leo Garden” intensiv bog`i agronomiBadriddin Usomiddinov. Iintensiv bog`ning afzal tomoni nisbatan kichik maydondan, kam suv sarflab, ko`p hosil olish mumkin. Joriy etilayotgan zamonaviy sug`orish texnologiyasi suvdan tejamkorlik bilan foydalanish imkonini beradi. 20 ta ishchi o`rniga ega bog`imizdan bu yil 30-35 tonnahosil olishimiz mumkin.

Mahorat darslari davomida yaponiyalik mutaxassislar o`zbekistonlik fermerlarga bog`dorchilik sohasidagi so`nggi yangiliklar, innovasion texnologiyalar, bog` maydonini tayyorlash, ko`chatlarni ekish va parvarishlash hamda zararkunandalarga qarshi kurashish bo`yicha Yaponiya tajribasini o`rgatdi.

Shahnoza Nurullaeva

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1