Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga o`z vaqtida chek qo`yildi.
Xususan, Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidanChilonzor tumanida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro X.J.ning noqonuniy xatti-harakati fosh etildi.
Ushbu shaxs, “Gazel” rusumli avtomashina yukxonasiga yuklangan, hech qanday tegishli hujjatlari bo`lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan
3000 dona qo`l uchun tibbiy antiseptik gigienik gellarni 28 300 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida qo`lga olindi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.