Tamaki mahsulotlarini bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o`tilish holatlariga bojxonachilar o`z vaqtida chek qo`yishmoqda.
Jumladan, Samarqand xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaro M.R. “yashil” yo`lak orqali harakatlanar ekan, uning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi.
Natijada, fuqaroga tegishli yuklar belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi.
Tekshiruv jarayonida yuklar orasidan yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan va bojxonachilarning og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan umumiy qiymati 3,2 million so`mlik 130 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlangan.
Ta`kidlash joizki, Jismoniy shaxslar 10 qutigacha bo`lgan tamaki mahsulotlarini bojxona to`lovlarisiz olib kirishlari mumkin.