AsosiyJinoyat

Maishiy texnika tovarlarini bojxona chegaralaridan noqonuniy olib o`tilishiga chek qo`yildi

'Maishiy texnika tovarlarini bojxona chegaralaridan noqonuniy olib o`tilishiga chek qo`yildi'ning rasmi

Bojxonachilar tomonidan maishiy texnika buyumlarini mamlakatimizga yashirin yo`llar bilan olib kirilishiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do`stlik” chegara bojxona posti xodimlari qo`shni mamlakat xududidan kirib kelgan fuqarolar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarga chek qo`yishdi.

Jumladan, fuqaro U.T. tegishli hujjatlari bo`lmagan qiymati 16 million so`mlik 585 dona osma ventilyatorlarni yurtimizga noqonuniy olib kirayotganligida to`xtatib qolindi.

Yana bir holatda fuqaro D.M. belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazilganda qiymati 10,8 million so`mlik xorijda ishlab chiqarilgan kondisioner va mikserlarni noqonuniy ravishda olib o`tishga uringanligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar