AsosiyJinoyat

Boysunlik ota aliment hisobidan farzandlariga uy olib berdi

'Boysunlik ota aliment hisobidan farzandlariga uy olib berdi'ning rasmi

Boysunda ota 3 nafar farzandlarining alimenti uchun oldindan 201 million so`m to`ladi. Endi farzandlar yangi uyda katta bo`lishadi.

Majburiy ijro byurosining Boysun tuman bo`limi ish yurituvida FIB Termiz tumanlararo sudining 2015 yil 10 iyundagi buyrug`iga asosan Boysun tumanida yashovchi B.Raufovdan 3 nafar farzandlarning moddiy ta`minoti uchun aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati mavjud edi.

B.Raufov aliment pullarini o`z vaqtida to`lab kelsa-da, sobiq turmush o`rtog`i bilan o`zaro kelishib, aliment to`lovlarini oldindan to`lashni va farzandlari uchun uy sotib olishni maslahatlashadi.

Joriy yilning 24 iyul kuniB.Raufov va uning sobiq turmush o`rtog`i Byuroning Boysun tuman bo`limiga kelib, aliment pullarini oldindan hisoblab berishni so`raydi va davlat ijrochisi tomonidan hisoblangan 201 million so`mni sobiq turmush o`rtog`ining tilxatiga asosan topshiradi.

B.Raufovning sobiq turmush o`rtog`i bu pullardan samarali foydalanib, 3 nafar farzandalari uchun Boysun tuman markazidan 3 xonali uy sotib oldi. B.Raufov va uning sobiq turmush o`rtog`i oilasini saqlab qololmagan bo`lsa-da, farzandlarining taqdiriga befarq emasligini isbotladi.

    Boshqa yangiliklar