1

Bojxonachilar noqonuniy olib o`tilayotgan tovarlarni to`xtatib qolishdi

Jinoyat 26.07.2019, 16:38
Bojxonachilar noqonuniy olib o`tilayotgan tovarlarni to`xtatib qolishdi

Bojxona xodimlari yurtimizga maishiy texnika buyumlarini noqonuniy olib kirilishiga o`z vaqtida chek qo`yishmoqda.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan “Sariosiyo” chegara bojxona posti orqali yurtimizga kirib kelayotgan ayrim fuqarolarning “uddaburonligi” fosh etildi.

Fuqarolar O.Q., X.O`., N.T. lar qo`shni mamlakatdan belgilangan me`yorlardan ortiq bo`lgan, umumiy qiymati 10 million so`mlik maishiy texnika tovarlarini bojxona to`lovlaridan bo`yin tovlab olib o`tishga uringanliklari aniqlandi.

Yana bir holatda esa, fuqarolar U.X., R.M. va T.G.lar qiymati 9 million so`mlik televizor va muzlatkichlarni bojxona chegaralaridan noqonuniy olib o`tish chog`ida bojxonachilar tomonidan to`xtatib qolindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1