1

Yashirilgan valyuta

Jinoyat 26.07.2019, 16:42
Yashirilgan valyuta

Bojxonachilar tomonidan naqd xorijiy valyutalarni noqonuniy aylanmasiga o`z vaqtida chek qo`yilmoqda.

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi “Kosonsoy” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan fuqaro K.Sh. fuqaro T.S.ga tegishli bo`lgan 140 ming qirg`iz somini yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatmasdan, bojxona nazoratidan yashirib olib o`tib bermoqchi bo`lganida to`xtatib qolindi.

Shuningdek, mazkur postning o`zida fuqaro U.A.ning ham kirdikorlari fosh etildi. Ya`ni u bojxona to`lovlaridan qochish maqsadida tegishli hujjatlari bo`lmagan qiymati 6 million so`mlik 2 dona muzlatgichni mazkur post orqali olib o`tmoqchi bo`lganida to`xtatib qolindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1