1

“Toyota Corolla” o`rindig`i ostiga og`u berkitilgani aniqlandi

Jinoyat 26.07.2019, 16:45
“Toyota Corolla” o`rindig`i ostiga og`u berkitilgani aniqlandi

Bojxona xodimlari giyohvandlik moddalarini olib kirish bilan bog`liqyana bir jinoyatga chek qo`yishdi.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona postiga qo`shni davlatdan kirib kelgan fuqaro S.Sh boshqaruvidagi “Toyota Corolla” rusumli avtomashina belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi.

Tekshiruv jarayonida ushbu avtomashinaning orqa o`rindig`i ostiga yashirilgan sof og`irligi 0,78 grammni tashkil etuvchi “opiy” giyohvandlik moddasi borligi fosh etildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1