1

Yarim kilogrammga yaqin quyma tillalarni tanasiga yashirib olib o`tishga uringan shaxs to`xtatib qolindi

Jinoyat 27.07.2019, 10:28
Yarim kilogrammga yaqin quyma tillalarni tanasiga yashirib olib o`tishga uringan shaxs to`xtatib qolindi

Bojxonachilar tomonidan zargarlik buyumlarini yashirincha olib o`tilishiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.

Davlat bojxona qo`mitasi xodimlari “Toshkent” xalqaro aeroportidan xorijga uchib ketayotgan fuqaro G.X.ning noqonuniy xatti-harakatlariga chek qo`yishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Ushbu shaxs xolislar ishtirokida skaner qurilmasi yordamida bojxona nazoratidan o`tkazilganda u quyma tilla bo`laklarini o`z tanasiga berkitib olganligi aniqlandi.

Natijada, fuqaro G.X.dan yashirincha olib o`tishga urinilgan jami 434,6 grammni tashkil etuvchi 14 dona dumaloq shakldagi quyma tillalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1