Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining birinchi o`rinbosari Hasan Kabirjonov Buxoro viloyatida sayyor qabullar olib bormoqda.
Xususan, joriy yilning 25 iyul kuni Majburiy ijro byurosi Buxoro tumani bo`limi binosining majlislar zalida aholi uchun sayyor qabul o`tkazdi. Uchrashuvda Byuroning Buxoro viloyat boshqarmasi rahbariyati ham ishtirok etdi.
Tadbir davomida, aholi tomonidan o`zlarini qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko`rildi. Sayyor qabul davomida 8 ta fuqaroning murojaati eshitildi.
Hozirgi kunda ushbu murojaatlar batafsil o`rganib, hal etish choralari ko`rilmoqda.