1

Quyichirchiqlik ota 10 yillik aliment pullarini to`ladi

Jinoyat 29.07.2019, 13:26
Quyichirchiqlik ota 10 yillik aliment pullarini to`ladi

Fuqarolik ishlari bo`yicha sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor V.Kimdan undiruvchi T.Kimning foydasiga bir nafar voyaga etmagan farzandi ta`minoti uchun ¼ qism miqdorda aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Quyichirchiq bo`lim ish yurituviga kelib tushgan va O`zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi qo`zg`atish to`g`risida qaror qabul qilinib, manfaatdor tomonlarga yuborilgan.

Mazkur ijro ishi yuzasidan amalga oshirilgan ijro harakatlari jarayonida, qarzdor V.Kimdan undiruvchi T.Kim foydasiga ¼ qism miqdorida aliment pullari o`rtacha ish xaqi xisobidan115 oy uchun 45.474.320 so`m aliment pullari undirilib, undiruvchiga tilxat asosida berilgan.

Shundan so`ng qarzdor va undiruvchi o`zaro kelishganligi sababli, hamdaundiruvchining arizasiga asosan ijro hujjatini O`zbekiston Respublikasi“Sud hujjatlari va boshqa organlarhujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Qonunning 37-moddasi 2-qismi 4-bandiga asosantamomlangan va ijro ishi tugatilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1