1

1 milliard so`mlik tovarlarni noqonuniy olib kirishga urinish fosh etildi

Jinoyat 30.07.2019, 12:20
1 milliard so`mlik tovarlarni noqonuniy olib kirishga urinish fosh etildi

Bojxona qoidabuzarliklariorasida bojxona to`lovlaridan qochish maqsadida tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi tegishli kodlarini o`zgartirish hollari ko`p uchraydi.

Kuni kecha “Olot” chegara bojxona postida hamkatta miqdordagi tovar kodlarini o`zgartirish va ularni yuk kuzatuv hujjatlarida ko`rsatmaslik asosida foyda ko`rishga urinish holati qayd etildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qo`shni davlatdan yurtimizga kirib kelgan yuk avtomashinasi tegishli tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazilganida, avtomashinada yuk kuzatuv xujjatlarida bo`lmagan hamda hujjatlarda ko`rsatilganidan ortiqcha bo`lgan tovarlar mavjudligi aniqlandi.

Tekshiruv davomida umumiy qiymati 1 070 400 000 so`mlik kiyim-kechaklar ashyoviy dalil tariqasida vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1