AsosiyJinoyat

648,4 gramm marixuana olib ketayotgan narkokurer qo`lga olindi

'648,4 gramm marixuana olib ketayotgan narkokurer qo`lga olindi'ning rasmi

Bojxona xodimlari tomonidan giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan “Bo`ka-Toshkent” yo`nalishi bo`yicha harakatlanayotgan “Neksiya” rusumli avtomashina to`xtatilib, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida nazoratdan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, ushbu avtomashinada yo`lovchi sifatida harakatlanayotgan fuqaro T.J.ning yuklari orasida 648,4 gramm marixuana giyohvandlik vositalari borligi aniqlandi.

Tekshiruv davom ettirilib, ushbu shaxsning yashash xonadoni ham ko`zdan kechirildi va uning xonadonidan 5,16 gramm marixuana giyohvandlik vositasi borligi ma`lum bo`ldi.

Tadbir davomida 653,56 gr. marixuana giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil tariqasida olindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar