1

1233 dona psixotrop tabletkalarni noqonuniy saqlayotgan shaxs fosh bo`ldi

Jinoyat 31.07.2019, 10:27
1233 dona psixotrop tabletkalarni noqonuniy saqlayotgan shaxs fosh bo`ldi

Bojxona xodimlari tomonidan bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi maxsus tadbirlar tizimli ravishda o`tkazib kelinmoqda.

Xususan, Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan Marg`ilon shahrida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro I.R.ga tegishli yashash xonadoni belgilangan tartibda ko`zdan kechirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, ushbu shaxsning xonadonidan 1233 dona psixotrop tabletkalar va boshqa dori vositalari borligi ma`lum bo`ldi.

Ta`kidlash joizki, qonunchiligimizda esa bunday noqonuniy harakatlar uchun O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi (“Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o`tkazish maqsadini ko`zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o`tkazish”) va 276-moddasi (“Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o`tkazish maqsadini ko`zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar”)da qayd etilgan jazo choralari ko`rilishi belgilab quyilgan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari olib borilmokda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1