1

Yashirincha olib ketilayotgan 303 million so`mlik dori vositalari to`xtatib qolindi

Jinoyat 31.07.2019, 11:14
Yashirincha olib ketilayotgan 303 million so`mlik dori vositalari to`xtatib qolindi

Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yurtimizga noqonuniy olib kirilishiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.

Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari viloyat Davlat xavfsizligi xizmati vakillari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tadbir davomida, fuqaro M.A boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina to`xtatilib, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Natijada, avtomashinada 31 turdagi 162 million so`mlik dori vositalari borligi aniqlandi.

Shundan so`ng, tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro M.O boshqaruvidagi “Lasetti” avtomashinasi ham belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi. Tekshiruv jarayonida avtomashinada 141 million so`mlik 20 turdagi dori vositalari borligi ma`lum bo`ldi.

O`tkazilgan tezkor tadbir davomida umumiy qiymati 303 million so`mdan ortiq bo`lgan dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1