1

Qarzdorning avtomashinasi xatlandi

Jinoyat 02.08.2019, 17:09
Qarzdorning avtomashinasi xatlandi

Majburiy ijro byurosining Bektemir tuman bo`limi ish yurituvida bo`lgan Fuqarolik ishlari bo`yicha Mirobod tumanlararo sudining 11.07.2016 yildagi sud qaroriga asosanqarzdor R.S.dan undiruvchi E.U. foydasiga voyaga etgunga qadar har oylik ish xaqi va boshqa daromadlarining ¼ qismi miqdorida aliment to`lash ijro hujjati mavjud.

Ammo qarzdor R.Saribaev qonun talablariga bo`ysunmasdan, ya`ni 34 oydan buyon, ya`ni, 13 mln.dan ortiq (13.328.860.) so`m farzandining moddiy ta`minoti uchun aliment to`lashdan qasddan bo`yin tovlab kelmoqda.

Byuroning Bektemir tuman bo`limi tomonidan qarzdor R.S.ga tegishli bo`lgan qidiruvdagi “Nexia Dons” rusumli avtotransport vositasi Toshkent shaxar Yakkasaroy tumanidan topildi.

Ushbu avtotransport vositasi undirilmay qolgan aliment pullarini to`liq qoplash maqsadida xatlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1