1

Xonadon quyonxonasiga nima yashirilgan edi?

Jinoyat 05.08.2019, 10:22
Xonadon quyonxonasiga nima yashirilgan edi?

Bojxona xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tezkor tadbir davomida fuqaro X.N.ning Zangiota tumanidagi xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida tekshirildi. Natijada, fuqaro xonadonidan 1 tup nasha o`simligi parvarishlanayotganligi va hovlidagi quyonxonada esa 44,23 gramm marixuana giyohvandlik vositasi yashirib qo`yilganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shuningdek,Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurash bo`limi xodimlari Do`stlik tumanida o`tkazilgan tadbir davomida tumandagi fermer xo`jaliklaridan birining dala maydoni hududidagi ariq yoqasida yovvoyi holda o`sayotgan bo`yi 1-1,5 metrli yashil rangli, o`ziga xos o`tkir hidli355 tup “kannabis” giyohvandlik o`simligi o`sayotganligianiqlandi.

Voqea joyida mazkur o`simliklardan 2 tupi xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olinib, qolgan 353 tupi esa belgilangan tartibda yo`q qilindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1