1

Tamaki qutisiga yashirilgan og`u

Jinoyat 05.08.2019, 10:23
Tamaki qutisiga yashirilgan og`u

Giyohvand va psixotrop moddalarni noqonuniy olib o`tish holatlarini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga qaramay, bu kabi salbiy harakatlar hamon kuzatilayotgani achinarlidir.

Jumladan, “G`ishtko`prik” chegara bojxona postiga qo`shni davlatdan piyoda holda kirib kelgan fuqaro K.M.ning xatti-harakatlari bojxonachilarda bejiz shubha uyg`otmagan ekan. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Ushbu fuqaro xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazilganida, egnidagi kiyimlariningcho`ntagidagi tamaki qutisida 50 dona “Tramadol” nomli tabletkalar borligi ma`lum bo`ldi.

Shunga o`xshash yana bir holatda. Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi “Jartepa” chegara bojxona postiga qo`shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro M.J. belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi.

Tekshiruv davomida ushbu shaxsning yuklari orasida bojxona yuk deklarasiyasida ko`rsatilmagan va bojxonachilarning og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan 40 dona “Tramadol” tabletkalari borligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1