1

Yashirincha olib kirilayotgan zargarlik buyumlari aniqlandi

Jinoyat 05.08.2019, 13:13
Yashirincha olib kirilayotgan zargarlik buyumlari  aniqlandi

Bojxonachilar tomonidan zargarlik buyumlarini yashirincha olib o`tishga bo`lgan urinishlar o`z vaqtida fosh etilmoqda.

Jumladan, “Toshkent” xalqaro aeroportida kumushdan yasalgan uzuklarni mamlakatimizga yashirincha olib kirishga uringan shaxs to`xtatib qolindi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Xorijdan uchib kelgan fuqaro R.M.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda xolislar ishtirokida nazoratdan o`tkazildi.

Natijada, uning qo`l sumkasida bojxona nazoratidan yashirilgan va jismoniy shaxslar uchun belgilangan olib kirish me`yoridan ortiqcha bo`lgan 514 gramm kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1