AsosiyJinoyat

Korxona foydasiga qariyb 64 million so`m mablag` undirib berildi

'Korxona foydasiga  qariyb 64 million so`m mablag` undirib berildi'ning rasmi

O`rtachirchiq tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor “To`ytepa voha gaz” MChJ dan undiruvchi “Avtosozlash KTB” foydasiga 63.822.801 so`m qarz undirish to`g`risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosining O`rtachirchiq tuman bo`lim ish yurituviga kelib tushgan.

Davlat ijrochisi tomonidan taraflar ijro ishining qo`zgatilganligi haqida qarorlar bilan tanishtirilgach, qarzdorning mol-mulkalarni aniqlash maqsadida vakolatli organlarga so`rovnomalar yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida, qarzdor MChJning, AT “Xalq banki” O`rtachirchiq filialidagi hisob raqamiga inkassa qo`yilib, 63.822.801 so`m qarzdorlik undiruvchi korxona hisob raqamiga o`tkazib berilgan.

    Boshqa yangiliklar