AsosiyJinoyat

Toshkentda kanaldan 27 yoshli yigitning jasadi topildi

'Toshkentda kanaldan 27 yoshli yigitning jasadi topildi'ning rasmi

Poytaxt Toshkent shahrining Chilonzor tumanida kanaldan odam jasadi topildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kecha, 5 avgust kuni soat 10:40 da 31 Bobur R. 102 ga qo`ng`iroq qilib, Chilonzor tumanidan oqib o`tuvchi Bo`rijar kanalida erkak tanasini ko`rganini aytgan.

Voqea joyiga FVV qutqaruvchilari erkak tanasini suvdan chiqargan. Keyinroq, u Shayxontohur tumanida yashagan, 1 avgust kuni bedarak yo`qolgan deb e`lon qilingan 27 yoshli A.M. ekani ma`lum bo`lgan.

Hozirda holat yuzasidan tekshiruv ishlari boshlangan.

    Boshqa yangiliklar