AsosiyJinoyat

Bojxonachilar 3,7 kg marixuananing yashirincha saqlanayotganligini fosh qilishdi

'Bojxonachilar 3,7 kg marixuananing yashirincha saqlanayotganligini fosh qilishdi'ning rasmi

Bojxonachilar tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan navbatdagi ana shunday qonunbuzilish holati o`z vaqtida bartaraf qilindi.

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro K.V. belgilangan tartibda xolislar ishtirokida tekshirildi. Natijada, ushbu shaxsning yonidan 315 gramm qovurilgan nasha (jaruxa) giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxsning ko`rsatmasiga binoan Olmaliqdagi tashlandiq binolardan biri tekshirildi. Tekshiruv jarayonida binoda 3,4 kilogramm marixuana giyohvandlik moddasi xo`jalik qopiga o`rab yashirib qo`yilganligi ma`lum bo`ldi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro K.V.dan umumiy og`irligi 3 kg. 720 gr. giyohvandlik moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar