AsosiyJamiyat

Qurolli Kuchlar akademiyasida Prezident qarorining bir yillik hisobotiga bag`ishlangan idoralararo komissiya yig`ilishi bo`lib o`tdi

'Qurolli Kuchlar akademiyasida Prezident qarorining bir yillik hisobotiga bag`ishlangan idoralararo komissiya  yig`ilishi bo`lib o`tdi 'ning rasmi

Prezidentimizning 2018 yil 4 avgustdagi «O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma`naviy-ma`rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to`g`risida»gi qaroriga muvofiq, mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimida ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasi qabul qilingan edi.

O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida o`tkazilgan yig`ilish mazkur konsepsiyani amalga oshirish bo`yicha respublika idoralararo komissiyasining bir yillik hisoboti tahliliga bag`ishlandi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Respublika ma`naviyat va ma`rifat markazi, O`zbekiston Milliy axborot agentligi, O`zbekiston xotin-qizlar qo`mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, «Mahalla», «Nuroniy» jamg`armalari, O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi vakillari, viloyat hokimlarining o`rinbosarlari ishtirok etgan tadbirda idoralararo komissiya faoliyatining yutuq va kamchiliklari sarhisob etildi.

– O`tgan yilning 6 avgust kuni Mudofaa vaziri rahbarligida respublika idoralararo komissiyasining yig`ilishi o`tkazilib, komissiya a`zolariga aniq vazifalar belgilab berilgan edi, – deydi Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo`yicha o`rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov. – 2018 yilning 8-15 avgust kunlari vazirligimizdan joylarga ishchi guruhini yuborib, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli qarorlari ishlab chiqildi, hududiy idoralararo komissiyasining ta`sis yig`ilishini o`tkazdik. O`tgan bir yil mobaynida harbiy xizmatga bo`lgan munosabat tubdan o`zgardi, tashabbus ko`rsatish, intellektual va kasbiy mahoratni oshirishga intilish kuchaydi.

Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarning boy tariximiz, milliy qadriyat va an`analarimizga asoslangan yaxlit tizimi yaratildi. Xususan, qo`shinlarda harbiy psixolog va etakchi sosiologlar instituti armiyada ilk bor tashkil etildi, ular amalda o`zining samarali faoliyatini boshladi. Bunda qator davlat va jamoat tashkilotlarining o`rni va hissasi katta. Shuningdek, hududlarda bu borada ayrim kamchiliklar ko`zga tashlanyapti.

Mudofaa vazirligining ishchi guruhi joriy yilning 15 iyulidan 31 iyuliga qadar viloyat hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari rahbarligidagi hududiy idoralararo komissiyasilar faoliyatini atroflicha o`rgandi.

Bugungi yig`ilishda Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining ma`naviy-ma`rifiy saviyasini oshirish ishlarida eskicha qolip va andozalardan voz kechish, faoliyatda to`siq bo`layotgan omillarni hamjihatlikda bartaraf etish bo`yicha vazifalar belgilab olindi.

Yig`ilish yakunida respublika idoralararo komissiyasi a`zolariga Mudofaa vazirligining «Yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ishtiroki uchun» ko`krak nishoni topshirildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

    Boshqa yangiliklar