AsosiyJamiyat

1985 ta masjidlarimizda 2 milliondan ziyod fuqarolarimiz hayit namozini o`qidilar

'1985 ta masjidlarimizda 2 milliondan ziyod fuqarolarimiz hayit namozini o`qidilar'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga muvofiq, 2019 yil 11 avgust Qurbon hayiti mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlandi. Bugun, soat tonggi 05:35 daqiqadan to 06:25 daqiqagacha bo`lgan belgilangan vaqtlarda Respublikamiz mintaqalari kesimida Iyd al-Adho – Qurbon hayiti namozi ado etildi.

Hayit namozi bo`yicha Din ishlari bo`yicha qo`mita matbuot xizmati axborot berdi. Unga ko`ra, respublikada faoliyat ko`rsatayotgan 2063 ta masjidlardan 1985 tasida 2 million 239 ming 505 nafar fuqarolarimiz hayit namozini o`qidilar. Jumladan, Andijon viloyatida 172 ta, Namangan viloyatida 184 ta, Farg`ona viloyatida 189 ta, Sirdaryo viloyatida 69 ta, Toshkent viloyatida 221 ta, Toshkent shahrida 103 ta, Jizzax viloyatida 168 ta, Surxondaryo viloyatida 109 ta, Samarqand viloyatida 271 ta, Buxoro viloyatida 101 ta, Navoiy viloyatida 70 ta, Qashqadaryo viloyatida 181 ta, Xorazm viloyatida 97 ta va Qoraqalpog`iston Respublikasida 50 ta masjidlarda ado etildi.
Toshkent shahrida 103 ta masjidda 465 ming nafar hamyurtlarimiz Hayit namozida ishtirok etdilar. Xususan, Hazrati Imom majmuasida 17 ming nafar, “Minor” masjidida 16 ming 300 nafar, Shayx Zayniddin masjidida 31 ming 200 nafar, “Suzuk ota”masjidida 5 ming 800 nafar va “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidida 5 ming nafardan ortiq fuqarolarimiz jam bo`ldilar.

Xavfsizlikni ta`minlash uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida Hayit namozini joylarda tartibli, tinch-osoyishta o`tishi ta`minlandi. Jumladan, 22 ming 450 nafardan ziyod ichki ishlar xodimlari bayram o`tadigan ob`ektlarga jalb etilgan. Barcha katta masjidlarga tez tibbiy yordam mashinalar biriktirildi (1150 dan ortiq tez yordam mashina, 1985 ta tibbiyot punkti) va aholidan hech qanday shikoyatlar bo`lmadi.

Joylarda 73087 nafar nogironlar, boquvchisini yo`qotgan fuqarolar hamda kam ta`minlangan oilalarga 6 mlrd. 674 mln. 8 ming so`mlik;
88 ta “Mehribonlik”, “Muruvvat” va “Saxovat” uylariga esa 676 mln. 700 ming. so`mlik; 9570 nafar ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat faxriylari, nuroniy keksalarga 1 mlrd. 917 mln. 2 ming so`mlik; jami bo`lib 9 mlrd. 268 mln. 700 ming. so`m moddiy yordam ko`rsatildi va bu kabi ishlar davom etmoqda.

Shu o`rinda ma`lumot uchun:
Bugungi kunda Islom arkonlaridan sanalmish Haj ibodatini ado etish uchun kuzatilgan 7200 nafar o`zbekistonlik ziyoratchilarimiz sog`-salomat. Haj safari davomida yaratilgan sharoitlar, xususan, yuqorida darajadagi servis xizmati, Madina va Makka shaharlarida 5 va 4 yulduzli mehmonxonalar, Arafot maydoni va Mino vodiysida yaratilgan qulay sharoitlar hamda o`tgan yilga nisbatan muborak safar uchun 1000 AQSh dollariga teng miqdorda arzonlashtirilgan narxlar va boshqa shu kabi yuksak e`tibor uchun shukronalik bildirib, Yurtimiz tinchligi va omonligi yo`lida duolar qilmoqdalar.
Ziyoratchilar Haj safaridan joriy yil 17 avgust - 1 sentyabr kunlari maxsus jadvalga muvofiq qaytishlari rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar