Kecha, 14 avgust kuni Mudofaa vazirligida harbiy mobil innovasion tibbiy markazning taqdimotiga bag`ishlangan marosim bo`lib o`tdi.
Unda Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya hamda Davlat xavfsizlik xizmati mas`ul vakillari ishtirok etdi.
Zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va jahon talablariga to`liq javob beruvchi mazkur harbiy mobil innovasion markazning afzalligi shunda-ki, unda bir vaqtning o`zida ikki nafar og`ir ahvoldagi bemorga tibbiy xizmat ko`rsatish, yana bir nafar bemorda jarrohlik amaliyoti o`tkazish imkoniyati mavjud va u har qanday iqlim sharoitida ishlashga mo`ljallangan.
– Ushbu markazda barcha murakkab jarrohlik amaliyotlari, jumladan, konikotamiya, traxeostamiya, laprosintez, tarakosintez, yurak jarrohatlanganda jarohat olgan qon tomirlarini tikish yoki vaqtincha shunt qo`yish bajariladi, –deydi Mudofaa vazirligi tibbiy ta`minot boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari polkovnik Abdug`ani Yuldashev.
Mobil markazda jarrohlik amaliyoti o`tkazilayotganida jarohatga infeksiya tushishining oldini olish maqsadida maxsus to`siq va ichkaridagi havoni tashqariga chiqaruvchi havo filtiri o`rnatilgan. Shuningdek, bu erda jarrohlik lampasi ustiga kamera joylashtirilgan bo`lib, bu orqali joylardagi harbiy gospitallarning tajribali mutaxassislari jarayonni bevosita onlayn tarzda kuzatishlari, zarur holda o`z tavsiya va maslahatlarini berishlari mumkin.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti






