AsosiyDunyo

AQSh da yana otishma bo`ldi (Video)

'AQSh da yana otishma bo`ldi (Video)'ning rasmi

Filadelfiyada jinoyatchi polisiyani o`qqa tutdi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Xabarlarga ko`ra, narkotik moddalar savdosi bilan shug`ullanuvchi kimsani qo`lga olish bo`yicha polisiya tomonidan o`tkazilgan maxsus operasiya vaqtida aholi turar joy binolaridan birida otishma ro`y bergan. Hodisa oqibatida 6 nafar polisiya vakili yaralangan. Ikki nafar polisiyachi va yana bir nechta xonadon vakillari jinoyatchi tomonidan garovga olingan.

Polisiya rahbariyati so`zlariga ko`ra, otishmani uyushtirgan shaxs bilan muzokaralar olib borilgan. Maxsus xizmat kuchlari esa garovdagilarni muvaffaqiyatli tarzda evakuasiya qilishga erishgan. Shundan so`ng jinoyatchi qo`lga olingan. Ma`lumotlarga ko`ra, ushbu shaxs bundan avval bir necha marotaba jinoiy javobgarlikka tortilgan bo`lgan. Filadelfiya merining ta`kidlashicha, uning yonidan katta miqdordagi o`q-otar qurollar topilgan.

Boshqa yangiliklar