AsosiyDunyo

Jenevada yovvoiy tabiatni asrash bo`yicha Xalqaro konferensiya bo`ldi (Video)

'Jenevada yovvoiy tabiatni asrash bo`yicha Xalqaro konferensiya bo`ldi (Video)'ning rasmi

Mazkur konferensiyada ishtirok etish uchun dunyoning 180 dan ortiq davlatlaridan vakillar tashrif buyurishdi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Konferensiya kun tartibidan noyob o`simliklar, hayvonlar va baliqlarning xalqaro savdosini tartibga solish masalalari bilan bog`liq 50 dan ortiq takliflarni ko`rib chiqish o`rin oldi. Shuningdek, fil suyagininng noqonuniy savdosi va akula suzg`ichlaridan tayyorlangan sho`rvaga bo`lgan talabning ortishi kabi dolzarb masalalar ham muhokama etildi. Ekologlar olib borgan tadqiqot natijalariga ko`ra, sayyoramizning tabiiy boyliklari katta tezlikda qisqarib bormoqda. Mutaxassislarning ta`kidlashicha, har yili yovvoyi hayvonlar soni borgan sari qisqarib bormoqda.

Shunga qaramasdan, ayrim Afrika davlatlari yovvoyi jonivorlar savdosini qisman qonuniylashtirishni rejalashtirgan. Biroq yirik nodavlat ekologik tashkilotlar bunga keskin qarshilik bildirishyapti. So`nggi marotaba 2008 yili fil suyagining qonuniy savdosi amalga oshirilgan edi. Ayni shu vaqtdan e`tiboran yuz minglab Savanna fillari va Afrika o`rmon fillarining 60 foizi yo`q bo`lib ketdi. Bundan yarim asr avval imzolangan CITES konvensiyasi ma`lumotlariga ko`ra, sayyoramizdagi o`simlik va hayvonot dunyosining qariyib 35 000 mingdan ortiq turi yo`qolib ketish xavfi ostida turibdi, ularning 85 foizini esa o`simliklar tashkil etadi.


Boshqa yangiliklar