AsosiyJamiyat

Prezident stipendiyasi sohiblari uchun afzalliklar belgilandi

'Prezident stipendiyasi sohiblari uchun afzalliklar belgilandi 'ning rasmi

Adliya vazirligi Hukumatning ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilganini (684-son, 17.08.2019 y.) xabar qildi.

Kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, tayanch doktorantlar uchun Prezident stipendiyalari har yili tayanch doktoranturaning oxirgi kursidagi o`qish davri uchun stipendiyaning ikki barobari miqdorida tayinlanadi.

Prezident stipendiyasi sohibi bo`lgan magistratura talabalari tayanch doktoranturaga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi.

Endilikda tayanch doktorantura va doktorantura ta`lim shakllari Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilmaydi.

Shu bilan birgalikda, magistratura bosqichida Prezident stipendiyasi sohibi bo`lgan shaxslar doktoranturada davlat byudjeti mablag`lari hisobiga ta`lim olishadi.

    Boshqa yangiliklar