Sharqiy harbiy okrug miqiyosida “Men g`olib” shiori ostida “Qo`shin razvedkasi a`lochisi” musobaqasining ikkinchi bosqichi o`tkazildi.
Musobaqa ikki yo`nalishda olib borildi. Birinchi yo`nalishda qatnashchilar jismoniy tayyorgarlikdan 100, 3 va 5 kilometrga yugurish xamda turnikda tortilish, harbiy orientirlash orqali 10 kilometrga yugurish mashqlarini bajarishdi.
Ikkinchi yunalishda esa shaxsiy tarkibning chidamliligi sinaldi. Ular jangovar tayyorgarlik fanlaridan nazorat tekshiruvlarini topshirishdi. Jumladan taktik maxsus tayyorgarlikdan 20 metrga emaklab yurish, shartli dushman o`t yog`dirishi ostida o`q-dorilarni etkazib berish, vertolyotga chiqish va tushish, razvedkachilar yo`lagidan o`tish kabi me`yorlarni bajarishdi.
Shundan so`ng otish tayyorgarligidan maxsus mashqlarni amaliy tarzda bajarishdi.