AsosiyJamiyat

Yaponiyaning turdosh ta`lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish yo`lida muhim qadam

'Yaponiyaning turdosh ta`lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish yo`lida muhim qadam 'ning rasmi

2019 yil 22 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti rahbariyatining Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning O`zbekistondagi vakolatxonasi vakili Omori Shun hamda ma`muriy masalalar bo`yicha koordinatori Damir Xabirov bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Uchrashuv davomida Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining JICA hamda Yaponiyadagi turdosh ta`lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Ta`kidlash joizki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizasiya qilish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta`minlashga qaratilgan loyiha va dasturlarni ro`yobga chiqarib kelmoqda.

Qayd etish kerak, ikki davlat o`rtasidagi bu kabi hamkorlik aloqalarini mustahkamlashda mazkur xalqaro tashkilotning hissasi katta.

Do`stona va samimiy ruhda o`tgan muloqot so`ngida tomonlar kelgusida Yaponiya Milliy polisiya agentligi tizimidagi turdosh ta`lim muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish, shuningdek Institut professor-o`qituvchilarining stajirovkalarini tashkil etish bo`yicha dastlabki kelishuvga erishildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar