AsosiyDunyo

Tailandda rus sayyohining jasadi topildi

Tailanddagi Pattayi dam olish markazida joylashgan mehmonxonadan rossiyalik sayyoh Mixail Petrochenkoning jasadi topildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi Chonburi viloyati polisiya boshqarmasiga asoslanib.

Petrochenkoning jasadi mehmonxona xodimlari tomonidan topilgan. 45 yoshli rossiyalik sayyoh bu erga 30 noyabr kuni dam olish uchun kelgan va ushbu haftada Tailanddan ketishni rejalashtirgan, deb izoh berdi mehmonxonadagilar. Polisiya marhumning tanasida zo`ravonlik izlarini topmagan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, fuqaroning o`limi alkogoldan zaharlanish oqibatida yuz bergan. Chunki mehmonxona xodimlarining huquqni muhofaza qilish organlariga xabar berishicha, ular sayyohni hordiq vaqtida ko`p spirtli ichimlik iste`mol qilgan holda ko`rishgan.

Sayyohning tanasi tibbiy ko`rikdan o`tkazish uchun yuborilgan. Polisiya ma`lumotiga ko`ra, sodir bo`lgan voqea haqida Rossiya Federasiyasining Tailanddagi elchixonasiga xabar berilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar