AsosiyJamiyat

Psixiatriya yordami ko`rsatish bo`yicha majburlov choralari doirasi kengaymoqda

'Psixiatriya yordami ko`rsatish bo`yicha majburlov choralari doirasi kengaymoqda'ning rasmi

Yuqori palata a`zolari “Psixiatriya yordami ko`rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonunni ko`rib chiqdi.

Qonun bilan Jinoyat, Jinoyat-ijroiya kodekslariga o`zgartishlar kiritilmoqda. Ularda nafaqat ruhiy kasalliklar shifoxonasida, balki turarjoyidagi ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psixiatrining xonasida), yashash joyidagi umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasining umumiy kuzatiladigan bo`limida, umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasining maxsus reabilitasiya bo`limida tibbiy yo`sindagi majburlov choralarini qo`llash huquqi nazarda tutilmoqda.

Qayd etilishicha, qonun qabul qilinishi ruhiy holati aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda buzilgan shaxslarga nisbatan sud tomonidan tibbiy yo`sindagi majburlov choralarini qo`llashga, bir vaqtda ularni jazolash imkoniyatini yaratishga, psixiatriya yordami ko`rsatishning amaldagi tizimi imkoniyatlaridan to`liq va oqilona foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

photo_2019-08-24_13-14-09.jpg

Shuningdek, tibbiyot muassasalarining sudlar, prokuratura organlari, advokatlar va tibbiy yo`sindagi majburlov choralari qo`llaniladigan shaxslar bilan o`zaro munosabatlarini tartibga solishga ko`maklashadi.

Majlisda senatorlar mazkur hujjatning aholiga psixiatriya yordami ko`rsatish tizimini tubdan takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta`kidladi. Xususan, davolash, profilaktika ishlari va ruhiy holatning buzilishini erta aniqlashni tashkil etishning yaxlit tizimini shakllantirishni ta`minlash orqali psixiatriya yordami ko`rsatish tizimi samarasi ortadi.

Qonun senatorlar tomonidan ma`qullandi.

    Boshqa yangiliklar