AsosiyJamiyat

Kattaqo`rg`ondagi yong`inda 11 yoshli bola halok bo`ldi

'Kattaqo`rg`ondagi yong`inda 11 yoshli bola halok bo`ldi'ning rasmi

2019 yilning 23 avgust kuni soat 10 dan 41 daqiqa o`tganda Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on shahri Yakkabog` mahallasida joylashgan uylarda yong`in bo`layotganligi haqida yong`in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo`linmasi xabar berdi.

Xabar asosida voqea joyiga 5 ta asosiy va 1 ta yordamchi yong`in o`chirish texnikalari jalb etilgan. Birinchi bo`linmalar ko`rsatilgan manzilga soat 10:47 da etib borgan vaqtda bir biriga tutash qurilgan Qo`shchinor ko`chasidagi 33-uyning tomi, ichki qismi va jihozlari hamda Uchrobot ko`chasidagi 8-uyning tom qismi va darvozaxonasi ochiq alanga bilan yonayotganligi ma`lum bo`lgan. Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in soat 11:25 da qurshab olingan va soat 13:05 da bartaraf etilgan.

Yong`in oqibatida Qo`shchinor ko`chasidagi 33-uyning tomi, shifti va ichki jihozlari 180 kv.metr maydonda yonib, alanga qo`shni xonadonlarga tarqalishi natijasida Uchrabot ko`chasidagi 8-uynig tomi, shift qismi va qisman ichki jihozlari 100 kv.metr maydonda hamda 6-uyning tom qismi 6 kv.metr maydonda yonib zararlangan. Ayanchlisi, yong`inni bartaraf etish vaqtida Qo`shchinor ko`chasi 48-uyda yashagan 2008 y.t. M.R.ning (o`g`il bola) kuygan holdagi jasadi topilgan. Hodisaning tahminiy sababi, alanga tarqalgan xonadonda elim idishlarda saqlanib kelingan engil alangalanuvchi suyuqliklar (benzin) oldida uyda yolg`iz qoldirilgan bolalar tomonidan ochiq olovdan foydalanish.


    Boshqa yangiliklar