AsosiyJamiyat

Test natijalari bo`yicha appelasiya berish tartibi qanday?

'Test  natijalari bo`yicha appelasiya berish tartibi qanday?'ning rasmi

Qonunchilikka ko`ra, test sinovlari natijasidan norozi bo`lgan abiturientlar test natijalari e`lon qilingandan 30 avgustgacha (belgilangan ish vaqtiga muvofiq) bo`lgan muddatda apellyasiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyasiya shikoyatini berish huquqiga ega.

Shundan so`ng abiturientga xabarnoma yuborilishi, bunda u xabarnomada belgilangan kunda pasporti va abiturient ruxsatnomasi bilan kelishi shart.

Shikoyat apellyasiya komissiyasi tomonidan abiturient ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko`rib chiqiladi.

Abiturientga javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari noto`g`ri bajarilgan javoblar ro`yxati hamda test sinovlarida berilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.

Taqdim etilgan hujjatlar asosida abiturient har bir noto`g`ri test topshirig`iga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi.

Komissiya apellyasiya shikoyatini qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish to`g`risida qaror qabul qiladi hamda abiturient murojaat qilganda unga ushbu qarordan ko`chirma beriladi.

    Boshqa yangiliklar