Estradamizning eng yorqin va maftunkor xonandalaridan biri Rayhonning muxlislari konsert dasturlarini sog`inishgani aniq. Kutilmagan syurprizlarga boy katta shou-dasturlari bilan har yili fevral oyida muxlislarini hushnud etishga odatlangan Rayhon bu yil onalik baxtiga musharraf bo`lgani sabab konsert namoyish etmagandi, deb yozmoqda popcorn.uz.
Ammo kelasi yil albatta yangi dasturini taqdim etishini va`da qilgan va uning asl muxlislari o`sha kunni intiqlik bilan kutishmoqda.
Buni his qilgan Rayhon 2015 yili 23, 24, 25, 26 fevral kunlari bo`lib o`tishi rejalashtirilgan dastur uchun tayyorgarliklarni boshlaganiga ancha bo`ldi.
Aytgancha, Rayhon ijodida yaqin kunlarda yana bir katta yangilik, yangi duet kutilmoqda. Aynan qaysi san`atkor bilan duet ijro etganini sir saqlayotgan Rayhon bu yangi ijod mahsuli barchaga manzur bo`lishiga ishonchi komil.
Ayni kunlarda radioto`lqinlar orqali yangrayotgan “Izlama” taronasi uchun tasvirga olingan videoklipning montaj jarayonlari ketmoqda. Doim professional tarzda yaratilgan kliplari bilan tomoshabinlarga zavq ulashadigan xonanda bu safar ham muxlislarini lol qoldirsa ajabmas.





