AsosiyDunyo

Yaponiyada kuchli qor tufayli ikki kishi halok bo`ldi

Yaponiyada uzoq davom etgan kuchli qor yog`ishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi. Bu haqda Yaponiyaning Kiodo axborot agentligi xabar bermoqda.

Qorning kuchli ta`siri Hokkaydo shimoliy orolida qayd etilgan. U erda 320dan ordiq aviareys bekor qilingan va 300dan ziyod poezd harakati to`xtatilgan. Qutqaruv xizmati zarar ko`rgan aloqa vositalarini qisman tiklashga muvaffaq bo`lgan, biroq 2 800ta uy yorug`lik manbaisiz qolgan.

Bundan tashqari, Hokkaydo sharqida suv toshqini xavfi tufayli 142 nafar aholi evakuasiya qilindi. Yana 1,5 ming kishining o`z uyini tark etishi tavsiya qilindi. Kuchli to`lqinlar Xavfsizlik xodimlarining to`rtta qayig`iga shikast etkazgan, ulardan biri qirg`oqqa chiqib qolgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar