Toshkent shahar Yong`in xavfsizligi boshqarmasining ma`lum qilishicha, 25.08.2019 yil kuni soat 19:11 da, Bektemir tumani, Ohangaron shoh ko`chasida joylashgan, “Gulsara Lyuks” MChJga qarashli AGTKSda “ZIL” rusumli yuk avtomashinasini motor va kabina qismlari yongan. Yong`in o`chirish jangovar bo`linmalari chaqirilgan manzilga soat 19:15da etib borgan va ko`rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong`in soat 19:24da o`chirilgan. Yong`in joyiga 4 ta yong`in o`chirish texnikasi jalb qilingan.
Yong`in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong`inda insonlarni halok bo`lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.
Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yong`in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob`ekt rahbar hamda xodimlarini, shuningdek fuqarolarimizni yong`in xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya etishlarini so`rab qoladi.