AsosiyJamiyat

O`zbekiston vakili Xitoyda o`tgan Xotira chempionatida 22-o`rinni egalladi

2014 yilning 11—13 dekabr kunlari Xitoyning Xaykou shahrida 23 - Butunjaxon Xotira chempionati bo`lib o`tdi. Unda hamyurtimiz 168 mamlakat orasida 22-o`rinni egalladi, deb yozmoqda uz24.uz nashri.

Vakilimiz Husniddin Ismoilov 1 soatda 1 ming 460 ta, 5 daqiqada 240 ta raqamni eslab qolishga erishdi. Bu bilan 2015 yilda Singapurda o`tkaziladigan navbatdagi  chempionatga yo`llanma oldi. Mazkur chempionat vakilimizga Xalqaro xotira sporti ustasi degan unvonga ega bo`lish imkonini beradi.

Bu haqda o`zbekistonlik mnemonist, ikki karra Butunjaxon Xotira chempionati ishtirokchisi Shohruh-Mirzo Rahmonov o`zining Feysbukdagi sahifasida xabar qilgan. Uning ma`lum qilishicha, mazkur musobaqaga u hakam sifatida taklif qilingan.

Ma`lumotlarga ko`ra, eramizdan avvalgi VI asrdayoq Pifagor Samosskiy “mnemonika”, “mnemotexnika” iboralarining kelib chiqishiga asos bo`lgan “mnemonikon” («eslash san`ati») so`zini o`ylab topdi. O`sha paytlari mnemotexnika notiqlik san`atiga xizmat qilib, - ulkan ma`ruzalarni yoddan aytishga yordam berardi.

Tarixda yodda saqlashning ajoyib qobiliyatiga ega bo`lgan shaxslar ko`pchilikni tashkil etadi. Misol uchun, Iskandar Zulqarnayn, Napoleon Bonapart, qadimiy fors hukmdori Kir va Aleksandr Suvorov o`z askarlarini nomma-nom bilishgan.

    Boshqa yangiliklar